25 noy 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov: "Sana, ism va joyni kutyapman" (FOTO)
O'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi, o'rta vazn toifasida Oktagon MMA Ligasi vaqtinchalik chempioni Mahmud Muradov Instagram sahifasida yangi post bilan o'rtoqlashdi.
"Har kun davomli ravishda qattiq mehnat qilyapmiz va o'z maqsadimiz sari, orzumiz tomon intilyapmiz!
Sana, ism va joyni kutyapmiz", deya quyidagi suratni izohlagan Muradov.
Avvalroq, Mahmudning KSW Ligasi sobiq chempioni, polshalik Mixal Materla bilan jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
35 yoshli Mahmud Muradov iyun oyida o'tkazgan so'nggi jangida chexiyalik Patrik Kinslni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, Oktagon MMA Interim kamarini qo'lga kiritgandi. Uning hisobida jami 29 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar