13 jan 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov sparing janglarini yakunladi + FOTO
Yaxshi bilasiz, 23 yanvar kuni MMAchimiz Mahmud Muradov Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi jangini o'tkazadi.
UFS 257 turniri doirasida o'tkaziladigan jangda hamyurtimizga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qiladi. Jangchimiz muhim jang uchun Polsha mamlakatida o'quv-yig'in mashg'ulotini olib borib, so'nggi sparing janglarini o'tkazdi.
"Polshadagi so'nggi sparing janglarimni o'tkazdim. Xudoga shukur, barchasi reja asosida kechmoqda. O'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Juma kuni jamoam bilan birgalikda Abu-Dabi shahrida jo'nab ketaman. Meni qo'llab turganlarning barchasidan minnatdorman", - deb yozib qoldirgan Mahmud o'zining «Instagram» sahifasida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar