20 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov taroziga 20 soat qolganida qancha ortiqcha vaznga ega ekanligi malum bo'ldi
Mahmud Muradov 22 iyul kuni Londondagi UFC turnirida jang qiladi.
Braziliyalik Brayan Barberenaga qarshi jang oldidan ertaga vazn o'lchash marosimi o'tkaziladi. Ayni paytda Mahmud Muradov vazn yo'qotish ishlari bilan band. Bu haqida u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
"Tayyorgarlikning oxirgi va eng qiyin bosqichi - bu vazn tashlash jarayoni. Alhamdulillah hammasi reja bo'yicha ketyapti, biz jangga tayyormiz.
Vazn o'lchash marosimiga 20 soat bor, hali 5 kg yo'qotish kerak", - deya izoh qoldirdi Muradov Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Fikrlar