19 mar 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov UFC 301 turnirining asosiy kardida jang qiladi
O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov navbatdagi jangini 4 may kuni Braziliyada o'tkazadi.
Hamyurtimiz o'sha kuni Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o'tkaziladigan UFC 301 turnirida oktagonga chiqadi. Unga mezbonlar vakili Mishel Pereyra raqiblik qiladi.
Ahamiyatlisi, jang asosiy kard doirasida, co main event'dan oldin o'tkazilishi malum bo'ldi.
UFC 301 turnirining markaziy jangi o'ta engil vazn chempioni, braziliyalik Alexandro Pantoyya hamda Stiven Erceg o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar