21 okt 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov UFC`dagi uchinchi jangi uchun Las-Vegasga jo'nab ketdi + FOTO
UFC`dagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov navbatdagi jangini o'tkazish maqsalida okean ortiga uchib ketdi.
Hamyurtimiz o'z jamoasi bilan CHexiyaning Praga shahrida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahriga jo'nab ketdi. Muradov 31 oktyabr kuni aynan Las-Vegasda amerikalik Kevin Alan Xollandga qarshi oktanonga ko'tariladi.
Malumot uchun, 5 noyabr kuni 28 yoshga to'ladigan Xolland 2015 yildan beri MMAda o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Hisobida 19 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. UFC promoushenidagi debyut jangini 2018 yilning 4 avgust kuni Tiago Santosga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan. So'nggi jangini 19 sentyabr kuni Darren Styuartga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar