22 jan 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov: UFC'dagilar meni borligimdan xursand bo'lishsa kerak
UFS jangchisi Mahmud Muradov o'zini qisqa vaqtda janglarga rozilik berishi borasida fikr bildirdi.
"Menga janglar tashkil qilib berayotgani uchun menejerilarimga minnatdorchilik bildiraman. Menga taklif qilinadigan janglarning hech biriga yo'q demayman. Doim har qanday jangchiga qarshi istalgan vaqtda oktagonga ko'tarilishga tayyorman. Menimcha, UFC'dagilar meni borligimdan xursand bo'lishsa kerak. CHunki men doim qisqa vaqt qolgan janglarga rozilik berib, ularni qutqaraman. Ko'pchilik meni kuchsizlarga qarshi jang qiladi deb tanqid qiladi. Biroq odamlarning fikri doim o'zgaruvchan bo'ladi", - dedi Muradov UFC'ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar