So’nggi yangiliklar

23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0

26 dek 07:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradov: "Uyda divanda o'tirib, birovning xatolarini gapirish juda oson"

Teglar :  Mahmud Muradov
Xabaringiz bor, UFC promoushenidagi birinchi jangchimiz Mahmud Muradov fevral oyida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.

Olamsport.com sayti muxbiri ayni paytda Toshkentda mashg'ulot olib borayotgan Muradov bilan kichik intervyu tashkil qildi. Mahmud jangga tayyorgarlik, kelgusi rejalari, "Muradov Promoushen"ning navbatdagi turniri qachon o'tkazilishi haqida gapirib berdi.

"Jangga tayyorgarlik yaxshi ketyapti. Nasib qilsa, 2 yanvar kuni Polshaga jo'nab ketaman va u erda mashg'ulotlarni davom ettiraman.

"Muradov Promoushen" butun respublika bo'ylab turnir o'tkazishni rejalashtirayapti. Qaysi viloyatda imkoniyat va sharoit yaxshi bo'lsa, o'sha erda turnirni o'tkazish rejamizda bor. Qaerda ochiq stadionlar, tennis kortlari bo'lsa, ularni o'rganib chiqyapmiz. Afsuski, hamma joyda ham katta zallar yo'q. Biz turnirlarni katta masshtabda o'tkazmoqchimiz. O'ylaymanki, tez orada navbatdagi oqshom bo'lib o'tadi. Kelasi yili eng kamida 7 yoki 8 ta turnir o'tkazamiz. Bizga bunday MMA oqshomlarini Toshkentda o'tkazish qulayroq. Sababi, iqtisodiy jihatdan ham, tomoshabinlarning tashrifi bo'yicha ham poytaxt qulay manzil. Ammo, men o'z turnirlarimni butun O'zbekiston bo'ylab o'tkazishni istayman. Bu o'sib kelayotgan yoshlar uchun yana bir motivaciya bo'lib xizmat qiladi. Bu bilan o'z imkoniyatlarimizning qanchalik keng ekanini namoyon etamiz. "Muradov Promoushen"ning shunday rejalari bor. Xudo xohlasa, keyingi turnirni fevral oyida Toshkentdan tashqarida o'tkazamiz. Keyin esa mart, aprel, may, iyun va iyulda ham turnirlar o'tkazish rejamizda bor. Olti oyda eng kamida 4 yoki 5 ta turnir o'tkazish niyatidaman. 

O'zimga kelsak, 2022 yilning fevralida oktagonga chiqaman. Insha Alloh AQSHdan g'alaba bilan qaytaman. Muradov Proffesional League esa martda viloyatda turnir o'tkazadi. Biz ishlashda, MMAni mamlakatimizda rivojlantirishda davom etamiz. CHunki, MMA O'zbekkistonda yosh sport turi hisoblanadi. 

2021 yil hisobidan men ko'rgan eng yaxshi jang? SHaxsan men uchun UFC`dagi har bir jang yaxshi bo'ldi. Bu yil eng esda qolarli jang o'zimniki bo'ldi. CHunki unda yutqazdim (kuladi). O'sha jangda raqibim meni to'xtatdi. Bu haqida ko'p gapirishning hojati yo'q. Sababi, men yutqazganimni tan olaman. Bu ham bir tajriba. Raqibim yaxshi jangchi. Uni yana bir bor g'alaba bilan tabriklayman. O'z ustimda ishlashda davom etaman. Uyda divanda o'tirib jangni tomosha qilish va birovning xatolarini gapirish juda oson. Lekin oktagonga chiqib, bir daqiqa jang qilish juda mushkul. Buni muhokama qilmoqchi emasman. Har bir jang men uchun yaxshi. SHuning uchun alohida bitta jangni 2021 yilning eng yaxshisi deb tanlay olmayman. UFC`dagi alohida bitta jangni yilning eng yaxshisi bo'ldi deb aytolmayman. Eng yaxshi janglar o'zimizning turnirdagi janglar bo'ldi (kuladi). 

Menda hech qachon psixologik holatimda muammo bo'lmagan. Men har bir jangga jiddiy va kuchli tayyorgarlik ko'raman. Oxirgi mag'lubiyatimni o'sha ondayoq unutib yuborganman", - dedi Muradov. 

Reyting: +4   

Fikrlar

   
26 dek 16:53:04
Ibroxim
Санларни фикр хаелингга курт тушган.Жангчиларни тарбия киламиз дейсан лекин уша жангчиларингни хакикий мард йигит килиб тарбиялаш куллариндан келармикан?Факат ур сур теп йикит билан иш битмайди.Куча куйда сал нарсага муштумзурлик киладиган жангчилар чикиб келишни бошлади жамиятимизга.
   
26 dek 09:46:15
bekzodmatkarimov09@gmail.com
Буларнинг фикри хаёли мухлим билан уришишми
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing