So’nggi yangiliklar

18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0

07 fev 14:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradov vaznini o'zgartirish, 500 evro, o'tmishi va boshqa mavzular haqida (batafsil)

Teglar :  Mahmud Muradov
Xabaringiz bor, Mahmud Muradov kecha erta tongdan Toshkentga qaytib keldi.

Kunning ikkinchi qismida Muradov ishtirokida "Befit Pro" sport majmuasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Tadbirda O'zbekiston MMA associaciyasi vakillari, OAV hamda yosh sportchilar ishtirok etishdi. Anjuman avvalida so'z olar ekan "Barchangizni shu erda ko'rib turganimdan xursandman. Uchrashuv uchun tashkilotchilardan minnatdorman. CHet elda 10 yil davomida yashab, uyga qaytganingizda bu darajada kutib olinish yoqimli. Bu faqatgina mening emas, barchamizning g'alabamiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali qo'llab-quvvatlaganingizni his qildim va bu menga yanada masuliyat yuklaydi. Menga ishonch bildirganingiz uchun hammangizga rahmat aytaman"-dedi, qahramonimiz. 

SHundan so'ng yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan sportchimizga yuzlandilar:

“Men hech qachon raqib tanlamaganman, sizga kimni raqib qilib berishsa shu bilan jang qilasiz. Kim bo'lishidan qati nazar biz jangga kuchli tayyorlanamiz.

Bolaligimda kikboksing, jangovor sambo bilan shug'ullanganimni ko'p gapirganman. Ilk bor televizor orqali Fyodor Emelyanenkoning jangini ko'rganman va o'shanda unga qiziqishim ortgan. SHu sport turida o'zimni sinab ko'rish xohishi uyg'ongan va buni faqat CHexiyada qilish imkoniyati bo'ldi. Menda hatto mashg'ulot zaliga to'lash uchun 500 evro pul yo'q edi, ularga hizmat qilish evaziga zalda tekin shug'ullanganman, kareram avvalida 6 marta mag'lubiyatga uchradim, ammo men kurashishda davom etdim. Bularning barchasi tajriba, tajribani esa pulga sotib olib bo'lmaydi.

Vaznimni o'zgartirish? Bir narsani har kim qanday xohlasa shunday ko'radi. Bu vaznda Bellator, UFC chempionlari bor. Kuchlilar bilan bir vaznda jang qilishni istayman va bu juda qiziqarli. Tanamni o'zim yaxshi bilaman. 93 kg da o'zimni juda qulay his qilyapman.

"Mahmud Muradovning hayotini bir kitob deb tasavvur qilsak qaysi varoqlarini yirtib tashlagan bo'lardingiz?" degan savolga quyidagicha javob berdi:

"Hech qaysi varog'ini olib tashlamagan bo'lardim. Hech narsani o'zgartirishni xohlamayman. To'g'ri, qiyin vaqtlar ko'p bo'ldi, lekin bularning hammasiga shukr deyman va taqdir menga bundan ham yaxshi kunlarni tayyorlab qo'yganiga ishonaman. Menda shunday harakter bor: boshlagan ishimni nima bo'lganda ham oxirigacha etkazaman.

MMAning olimpiadaga kirishi absurd. Agar kirsa men bundan faqat xursand bo'laman.

Nimadan qo'rqaman? Ota-onamni yo'qotishdan boshqa hech narsadan qo'rqmayman" - dedi jurnalistlar savollariga javob berar ekan. 

Matbuot anjumanini O'zbekiston MMA Associaciyasining viloyatlardagi bo'linmalari ham Zoom platformasi orqali kuzatib bordilar. Savollariga javob olar ekan, sportchimizga  kelgusi janglarda ham muvaffaqiyat tiladilar. SHuningdek, Muradovga viloyatlarga ham chiqib yoshlarga motivaciya ulashish, o'z mahorati bilan o'rtoqlashish taklifi ham berildi. Kun qahramoni esa viloyatlarga borib yosh sportchilar bilan uchrashish rejasi borligini bildirdi. Tadbir so'ngida Mahmud Muradov eng yaxshi 5 ta savol egasiga o'zi hamda O'zbekiston MMA Associaciyasining esdalik sovg'alarini topshirdi. Qiziqarli va uzoq davom etgan matbuot anjumani fotosessiyaga ulanib ketdi. SHundan so'ng UFCchimiz yosh izdoshlariga master-klass ko'rsatdi. Unda asosan raqibning holatiga qarab harakatlanish, jangovor samboning oktogondagi ustun jihatlari, masofa saqlab kerakli paytda hujumga o'tish usullarini o'rgatdi. 

Bu kabi uchrashuvlar orqali bo'lajak yulduzlarda yuksalishga bo'lgan ishonch yanda ortishi tabiiy. 

Sarvinoz Raxmonqulova, Xurshida Abdikulova tayyorladi

FOTO: Jahongir Fayzullaev


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing