27 okt 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov yakshanba kungi jangidan avval so'nggi sparring mashg'ulotini o'tkazdi + FOTO
UFC jangchisi Muradov 31 oktyabr kuni aynan Las-Vegasda amerikalik Kevin Alan Xollandga qarshi oktanonga ko'tariladi.
Hamyurtimiz kecha sparring janglarini yakunladi va bo'lajak jangiga tayyor ekanligini malum qildi.
“So'nggi sparring jangimni ham o'tkazib oldim. Barchasi yaxshi ketmoqda, endi vazn o'lchash marosimidan yaxshi o'tib olsak, qolgani jangda hal bo'ladi. Meni qo'llab turganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Har biringiz men uchun qadrlisiz”, - deb yozib qoldirgan Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar