So’nggi yangiliklar

12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0 16:47FIDE Россия терма жамоасининг Самарқанд Олимпиадасидаги иштироки бўйича якуний қарорини эълон қилди 0 16:21“Барселона” Левандовски кетганидан сўнг ҳужумчи масаласида кутилмаган ечим топди 0 15:57Европанинг энг яхши аёл жангчиси UFC’да дебют қилади 0

08 okt 07:44
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Majid Rashid: “Toshkent-2025” O'zbekistonning xalqaro maydondagi yangi muvaffaqiyatlariga eshik ochadi

“Toshkent – 2025” yoshlar o'rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o'yinlari yaqinlashgani sayin uning doirasidagi tashkiliy ishlar, rasmiy uchrashuvlar, xalqaro sport tashkilotlari mutasaddilarining yurtimizga tashrifi ortib boraveradi.

Bu tabiiy hol, albatta. Bunday ko'lamdagi musobaqa Markaziy Osiyo hududida ilk bor tashkil etilayotgani, qolaversa “kichik olimpiada” yuksak etiborga molik tadbirligi bois, har bir masala belgilangan tartibda echim topishi bugungi kunning muhim vazifasi hisoblanadi. 

SHu kunlarda poytaxtimizda o'tkazilayotgan Osiyo paralimpiya qo'mitasining muvofiqlashtirish komissiyasi yig'ilishlarida aynan “Toshkent-2025” o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish, sport turlari mundarijasi, o'yinlar dasturi va boshqa masalalar ko'rib chiqilmoqda. 

Kuni kecha Sport vazirligida Osiyo paralimpiya qo'mitasining muvofiqlashtirish komissiyasi yig'ilishlarida ko'rilayotgan masalalarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 

Anjuman avvalida Osiyo paralimpiya qo'mitasi prezidenti Majid Rashid, Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi, “Toshkent-2025” o'yinlarini tashkil etish direkciyasi rahbari Oybek Qosimov muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilayotgan masalalar, para sport turlarining qitadagi rivoji, O'zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, “Toshkent-2025” o'yinlarining ahamiyati haqida malumotlar berdi. 

Osiyo paralimpiya qo'mitasi prezidenti Majid Rashid jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berish asnosida O'zbekistonda barcha sohalar jadal rivojlanayotganini, olib borilayotgan islohotlar inson farovonligi, imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilganini, bunga para sportchilarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik yaqqol misol bo'lishini takidladi. SHuningdek, “Toshkent-2025” o'yinlari yangi O'zbekistonning xalqaro maydondagi yangi muvaffaqiyatlariga eshik ochishini aytib o'tdi. 

Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi O.Qosimov mazkur nufuzli musobaqaga olib borilayotgan katta hajmdagi hozirlik, o'yinlar dasturiga kiritiladigan sport turlari va ular o'tkaziladigan obektlar, delegaciyalarning taxminiy soni, transport-logistika, antidoping, viza, aviaqatnovlar kabi masalalar yuzasidan axborot berdi. 

Eslatib o'tamiz, kelgusi yilning oktyabr oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan Paraosiyo o'yinlarida bir yarim ming nafardan ziyod matonatli va irodali para sportchilar 10 ta sport turidagi musobaqalarda yurtlari sharafini himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing