15 iyu 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor 2023 yilda jang o'tkaza olmasligi mumkin
Ikki vazn toifasida UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor 2023 yil yakuniga qadar ham oktagonga qayta olmasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Makgregor doping tekshiruvlaridan keyin o'z ishiga qayta olganicha yo'q. Buning uchun irlandiyalik AQSH antidoping agentligining 6 oylik nazorat muddati yakunlanishi kerak. UFCning 2023 yildagi so'nggi tadbiri esa 26 dekabr kuni o'tkaziladi.
"Konor bizning 6 oy nazoratimizda bo'ladigan tekshiruvlarimizdan ro'yxatdan o'ta olmadi. Balki unga qandaydir engilliklar berilgan bo'lishi mumkin, biroq biz bunday hisoblamaymiz". - dedi USADA vakili.
Makgregor so'nggi jangini 2021 yil iyulida o'tkazgan va unda Dastin Porega nokaut bo'lib, mag'lub bo'lgandi. Irlandiyalik jangchi faoliyati davomida 22 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : Verdict MMA
Fikrlar