31 jan 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Fergyusonni ortda qoldirdi
UFC matbuot xizmati vaznidan qatiy nazar eng kuchli jangchilarining yangilagan reytingini elon qildi.
Yangi reytingda ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ikki pog'ona yuqorilab, o'n birinchi o'rindan to'qqizinchi o'ringa chiqib oldi. SHu tariqa, Konor o'ninchi o'rindan joy olgan Toni Fergyusoning ortda qoldirishga erishdi.
Yangilangan reytingning dastlabki uchta o'rnida hech qanday o'zgarish qayd etilmadi. Reytingni birinchi o'rnida yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons bormoqda. Undan keyingi o'rinlarda Xabib Nurmagomedov va Genri Cexudo joy olgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar