26 noy 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor fevral oyida USADA testidan o'tishini aytdi: "SHundan so'ng jang belgilaymiz"
Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda fevral oyida ikkita USADA testidan o'tishini, shundan so'ng yangi jangda ishtirok etishga tayyorligini malum qildi.
"Fevral oyida bo'ladigan test sinovlariga tayyorman. Men ikkita USADA testidan o'taman. SHundan so'ng jang belgilaymiz", - deb yozadi Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor so'nggi bor o'tgan yilning 11 iyulida, Dastin Porega qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Usman Nurmagomedov Konor Makgregorning Xabib Nurmagomedov haqida aytgan so'zlariga izoh bergan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar