19 jan 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Bugun UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor Donald Serroneni 40 soniya ichida mag'lub etdi.
Irlandiyalik sportchi ushbu jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men qaytdim. Bu ajoyib. Men uchta divizionda birinchi raunddayoq raqiblarini nokaut qila olgan ilk jangchiga aylandim. Hozircha o'zimning eng zo'r formamga tushib oldim deya olmayman, ammo shunga yaqinman.
Endi nima bo'ladi? Menga yarimo'rta vazn yoqmoqda, ushbu divizionda o'zimni yaxshi his qilyapman. Ammo, bu men endi engil vaznga tushmayman degani emas", - dedi MakGregor.
UFC. Konor MakGregor ishtirokidagi jang soniyalar ichida yakunlandi
Havola :
Fikrlar