17 jan 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor ilk marotaba Toni Fergyuson bilan jang qilmoqchi ekanligi haqida gapirdi
Irlandiyalik MMAchi Konor MakGregor Nurmagomedov - Fergyuson jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqishga qarshi emasligini aytdi.
U bungacha bir necha martaa Xabib bilan revansh istayotganini aytgan, ammo Fergyuson bilan ilk marotaba jang qilish haqida gapirgan.
"Jang natijasi qanday bo'lishidan qati nazar ularning har ikkisi bilan jang qilishni istardim. Fergyuson bilan jang qilishni xohlardim. U bilan o'z ishimiz bor edi, shunday emasmi? Biz uning faoliyatini boshqarardik (Paradigm kompaniyasi bilan hamkorlik).
U kamari yo'qlar ichida eng ko'p pul topadigan sportchilardan. Unga qarshi to'qnash kelishni istardim", - dedi Konor.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar