02 iyu 16:44
Yangiliklar
Makgregor Irlandiya hukumatidan nafratlanishini aytdi
Oldinroq Irlandiyada RTE davlat teleradiokompaniyasida boshlovchilarga berilayotgan to'lovlar haqidagi yolg'on malumotlar bilan mojarolar chiqqandi.
"O'z hukumatimdan nafratlanaman! Irlandiyadagi korrupciya darajasi daxshatli darajada. Butun bir millat davlatni vayronaga aylantirayotgan kaltakesaklarning qo'liga o'tdi.
RTE ham Irlandiya hukumatining bir bo'lagi. Bemalol o'g'irlashmoqda, yolg'on gapirishmoqda, soxta ikkiyuzlamachilik qilishmoqda! Barchamiz sizlardan nafratlanamiz", - deb yozadi Makgregor.
Konor 2021 yil iyulidan buyon janglarda ishtirok etmayapti. U so'nggi jangida Dastin Porega mag'lub bo'lgandi. 2013 yilda UFCdagi professional faoliyatini boshlagan jangchi 28 jang o'tkazib, 22 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar