09 iyu 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor Islam Maxachevni Xabib Nurmagomedovdan yuqori baholadi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor amaldagi yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachevni UFC tarixidagi o'rni bo'yicha Xabib Nurmagomedovdan yuqori baholashini aytdi.
"U Xabibdan yuqorida. Erta g'alabalar soni, umumiy yutuqlari va ikki vazn toifasidagi chiqishlarini hisobga olsak, albatta yuqorida.
Lekin qaranglar, u hali ham faol. Hali ham jang qilyapti. Ko'pchilik boshqalarning fikriga tez ishonib qoladi va unga faoliyatini yakunlash vaqti kelganini aytishga urinadi. Men esa bu yigitda hali juda ko'p imkoniyat bor deb hisoblayman. Juda ko'p. Uning o'zi ham buni tushunishi va davom etishi kerak", — dedi Makgregor Complex YouTube kanalidagi Re-Rank podkastida.
Havola :
Manba : Complex
Fikrlar