16 noy 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/48707_220.jpg)
MakGregor keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi mumkin?
Irlandiyalik aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregorning murabbiyi Jon Kavana sportchining navbatdagi raqibi kim bo'lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"Mendan kim Konorning keyingi raqibi bo'ladi deb so'rashdi. Xabib deb javob berdim. O'shanda menga MakGregor bu jangga loyiq emasligini aytib, tanqid qilishgandi.
MakGregor qachon oktagonga qaytadi? Katta ehtimol bilan yozda. Agar Nurmagomedov bo'lmasa, Neyt Diasga qarshi jang ham qiziq bo'ladi", - dedi Kavana.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar