17 dek 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA
"Makgregor Oq uydagi UFC turnirida qatnashishiga ishonmayman" - UFC sobiq jangchisi
UFC sobiq jangchisi, hozirda tahlilchi sifatida faoliyat yuritayotgan CHeyl Sonnen Konor Makgregorning ehtimoliy qaytishi haqida fikr bildirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, agar irlandiyalik jangchi qaytsa ham, bu Oq uyda o'tadigan UFC turnirida bo'lmaydi.
"Men Konor Oq uydagi turnirda paydo bo'lishiga ishonmayman. Lekin farz qilaylik: Konor ommaviy axborot vositalarini nazorat qila oladimi? U besh yildan beri qaytishni “namoyish qilib” kelyapti. Turnir bo'lib o'tadigan paytda u yana: “Ha, men u erda bo'lmadim, lekin noyabrda yoki keyingi yanvarda ko'rasiz”, deydimi yoki bu Makgregorning so'nggi aldovi bo'ladimi?" — dedi Sonnen.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar