12 mar 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA
MakGregor ozod qilindi
UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor qamoqxonadan chiqdi.
U Mayami-Deyddagi qamoqxonada to'rt soatdan ortiq vaqtini o'tkazdi. Sportchini 12,5 ming AQSH dollari miqdoridagi garov puli evaziga qo'yib yuborishdi.
Eslatib o'tamiz, irlandiyalik sportchi o'zini suratga olgani uchun muxlisining telefonini olib, sindirib tashlagandi. Malum bo'lishicha, jabrlanuvchi angliyalik Axmed Abdirzak bo'lib, u telefonining narxi 1000 dollar ekanligini aytgan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar