19 dek 12:18
Yangiliklar

Makgregor - Pore oqshomi anderkard jangida Xabibning jamoadoshi oktagonga chiqadi
UFC 257 turnirining markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor liganing sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi.
Matchmeykerlar shouning asosiy kardini qiziqarli janglar bilan to'ldirishda davom etishyapti. Xabarda aytilishicha, anderkard jang Xabib Nurmagomedovning jamoadoshi Tagir Ulanbekov ishtirokida o'tadi. Uning raqibi Mateus Nikolau Pereyra bo'ladi.
Malumot uchun, Ulanbekov UFC promoushenidagi debyutini shu yilning oktyabr oyida o'tkazib, Bruno Silvani mag'lubiyatga uchratgan edi. Pereyra esa ikki yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytmoqda. U bunga qadar 2015–2018 yillar oralig'ida UFC`da 4 ta jang o'tkazib, ularning 3 tasida g'alaba qozongandi.
Darvoqe, ushbu turnirda Ulanbekovdan tashqari Xabibning jiyani Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Umar asosiy karddan o'rin olgan jangda Sergey Morozov bilan to'qnash keladi.
Fikrlar