29 apr 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor: "Qachondir MMAdan to'liq ketaman deb o'ylamayman"
UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor MMAni juda yaxshi ko'rishini aytib o'tdi.
SHu sababli ham u sportning ushbu turidan to'liq ketmasligini aytib o'tdi. 2019 yilning mart oyida u MMAdagi faoliyatini yakunlagandi, keyin esa oktagonga yana qaytishga shama qilgandi.
"Men MMAni sevaman. Agar to'g'risini aytsam, janglardan to'liq keta olmasam kerak. Biz hayotda barchamiz jangchimiz. Har birimiz umrimizning oxirigacha sportimizni sevamiz", - dedi MakGregor.
Eslatib o'tamiz, Konor 2018 yilning oktyabr oyida so'nggi marotaba oktagonga chiqqan va Xabib Nurmagomedovga mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar