08 mar 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor UFC’ga qaytish haqida: "Menga turli raqiblar taklif qilindi, ammo shartnoma yuborilmadi"
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor hozircha jang uchun shartnoma olmaganini aytdi.
SHunga qaramay, u ehtimoliy raqiblar bo'yicha turli variantlar muhokama qilinganini takidladi.
SHu bilan birga, irlandiyalik jangchi UFC 326 turniridagi asosiy jang — Maks Xollouey va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi bahs g'olibi bilan to'qnash kelishi mumkinligini bildirdi.
"O'ylaymanki, bugungi asosiy jang — Maks Xollouey va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi BMF kamari uchun bahs g'olibi bilan jang qilishim mumkin. Agar ular menga, ularning fikricha qiyin raqib bo'ladigan qandaydir nouneymni ham taklif qilishsa — muammo yo'q. SHartnomani yuboringlar, ha, ha, ha", — dedi Makgregor.
Havola :
Manba : Smash Cast
Fikrlar