23 mar 11:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Xollouey, Pore va Aldoga shart qo'ydi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Maks Xollouey, Dastin Pore hamda Xose Aldo bilan jang qilishga tayyor.
Lekin buning uchun nomlari tilga olingan divizionning etakchi jangchilari Konorning shartlarini bajarishlari shart.
"Agar siz raqibingizni birinchi raunddayoq katta ustunlik bilan mag'lub etgan bo'lsangiz, revansh jangini o'tkazishga hojat yo'q. Lekin reytingda Dastin Pore, Maks Xollouey singari ko'tarilishga erishsa, unda bu jangchiga revansh berish mumkin.
Xatto Aldo ham so'nggi ikki jangida ajoyib natija ko'rsatdi. Aldoga qarshi uning ona shahri Rio-de-Janeyroda jang qilmoqchi ham bo'lgandim. Lekin muzokara uzilib qoldi. Mabodo, u navbatdagi jangida g'alaba qozona olsa, unga revansh uchun imkoniyat beraman. Pore va Xollouey haqida ham xuddi shunday fikrdaman", - dedi Konor.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar