04 iyu 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Maks Xollouey jang oldidan Konor Makgregorga murojaat qildi
12 iyul tongida AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida MMA bo'yicha UFC 329 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy bahsida amerikalik Maks Xollouey ikki vaznda sobiq chempion irlandiyalik Konor Makgregor bilan bahs olib boradi. Jang oldidan Maks raqibiga murojaat qildi.
"Iltimos, shanba oqshomida oktagonga chiqsang bo'ldi. Konorning tili juda chaqqon, u gapirishni yaxshi ko'radi. Balki bu tresh-tok unga o'ziga ham jang oldidan ruhiy tayyorgarlik uchun kerakdir.
Men buni yuz foiz qo'llab-quvvatlayman. Gapirishda davom et. Menga faqat 12 iyul kuni kelib, oktagonga chiqib berishi etarli. Qolganini esa qafas ichida hal qilamiz — kim haq, kim nohaq ekanini o'sha erda bilamiz", deb yozgan Xollouey.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar