16 iyu 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey: "Pore zo'r inson. Lekin..."
Maks Xollouey Dastin Porega qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
"Mening Dastinga nisbatan hurmatdan boshqa munosabatim yo'q. U faoliyatini yakunlash niyatida. Buni shov-shuv bilan tugatmoqchi. Lekin barchasi ancha qayg'uli tugashi mumkin, chunki men oktagonga chiqib, g'alaba qozonishni niyat qilganman.
Pore juda zo'r yigit. Lekin men uning rejalarini buzish uchun shu erdaman. U ketgandan keyin ham men shu erda bo'laman. Men hali ham chempionlik kamarini qo'lga kiritishni xohlayman, shuning uchun o'zimni ko'rsatishim kerak", — dedi BMF kamari sohibi Maks Xollouey.
Eslatib o'tamiz, Xollouey va Pore o'rtasidagi 20 iyul kuni UFC 318 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar