05 sen 15:49
Yangiliklar
Maks Xollouey qachon oktagonga qaytishini malum qildi
Amerikalikning aytishicha, u 2024 yilning birinchi choragida oktagonga qaytadi.
"Hech kimga "vyzov" tashlash niyatim yo'q. Kelasi yilning fevral yoki mart oyida oktagonga qaytsam, zo'r ish bo'lardi. Agar UFC men rad eta olmaydigan darajada taklif bilan chiqsa, u holda yana o'ylab ko'rishim mumkin. Bu yil yana jang qilishim uchun qandaydir noodatiy taklif bo'lishi kerak. Lekin jarohatlarimni inobatga olsak, katta ehtimol bilan 2024 yilning birinchi choragida qaytaman. Qolaversa, rafiqam bilan hal qilishimiz kerak bo'lgan bazi ishlar ham bor", — dedi Xollouey.
Eslatib o'tamiz, Maks avgust oyida o'tkazilgan UFC Fight Night 225 turnirida koreyalik "Zombi" CHon CHxan Sonni uchinchi raundda nokautga uchratgan edi. O'sha mag'lubiyatidan so'ng Son faoliyatini yakunlaganini rasman elon qilgandi.
Fikrlar