22 okt 12:54
Yangiliklar

Maks Xollouey: "Qo'lqopsiz jang - bu dunyodagi eng ahmoqona narsa"
"Men hech qachon qo'lqopsiz janglarda qatnashmayman - bu dunyodagi eng ahmoqona narsa. Professional sportdan ketsam, ortga hech qachon qaytmayman. Uzog'i bilan boks jangi o'tkazarman, lekin quruq qo'l bilan emas, chunki bu shunchaki aqlsizlik. SHapaloq yoki qo'lqopsiz musobaqalarida qatnashadigan birodarlar, siz shunchaki ahmoqsiz. Bu shapaloq bilan bog'liq narsa umuman siyqasi chiqqan - nega men turib: "Qani, menga ur, keyin men senga uraman" deyishim kerak. Bu shunchaki safsata", - dedi amerikalik aralash yakkakurash ustasi ijtimoiy tarmoqdagi muxlislarning savollariga javob berar ekan.
Malumot uchun, Maks Xollouey iyul oyida hamyurti Dastin Poreni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etib, BMF kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Uning navbatdagi raqibi braziliyalik CHarlz Oliveyra bo'lishi mumkin.
Fikrlar