12 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Maks Xollouey UFC tarixida bunday natijani qayd etgan 20-sportchiga aylandi
UFC sobiq chempioni Maks Xollouey bugun Las-Vegasda o'tkazilgan UFC 329 turnirining markaziy jangida Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqib, ushbu vazndagi ilk g'alabasini qayd etdi.
U tashkilot tarixida uch xil vazn toifasida g'alaba qozongan 20-jangchi sifatida tarixga kirdi.
Jangning dastlabki soniyalarida Makgregor sirpanib ketib, tizzasidan jarohat oldi. SHundan keyin u oqsoqlanib harakat qildi. Hakam birinchi raundning 1:09 daqiqasida jangni to'xtatishga qaror qildi.
Bu bahsga qadar Xollouey faqat yarim engil va engil vazn toifalarida ishtirok etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar