11 apr 19:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey Volkanovski – Lopes jangi uchun taxmin bildirdi
UFCning sobiq chempioni Maks Xollouey Aleksandr Volkanovski – Diego Lopes jangi haqida fikr bildirdi.
"Bu jangda faqat ikki xil natija bo'lishi mumkin. Agar Aleks g'alaba qilsa, u holda ochkolar evaziga yutadi.
Yoki Lopes dastlabki uch raund ichida Aleksni engishi mumkin. CHunki Diego juda tezkor va kuchli jangchi. U hujumga huddi relsdan chiqib ketadigan poezddek otiladi.
Volkanovski uchun eng xatarli qism — birinchi uch raund bo'ladi. Lekin men baribir Aleks g'alaba qiladi, deb o'ylayman", — dedi Xollouey.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar