30 dek 13:25
Yangiliklar
Malixin tarixda bir vaqtning o'zida uchta kamarni qo'lga kiritgan ilk jangchiga aylanishi mumkin
Malixin 1 mart kuni Qatarning Lusail shahrida tashkil etiladigan ONE 166 turnirida niderlandiyalik Rene de Ridderga qarshi jang o'tkazadi. Ridder ayni paytda o'rta vazn toifasi chempioni bo'lib turibdi. 93 kg vazn toifasidagi aynan shu to'qnashuv ONE 166 turnirining markaziy jangi bo'ladi.
O'tgan yilning dekabr oyida rossiyalik chempion de Ridderni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, uning yarimog'ir vazndagi ONE FC kamarini tortib olgandi. SHu yilning iyun oyida esa u Arjan Bullarni uchinchi raundda texnik nokaut bilan engib, og'ir vazndagi vaqtinchalik va amaldagi ONE FC kamarlarni birlashtirib olgan edi.
Malumot uchun, Rene de Ridder Malixindan qabul qilib olgan mag'lubiyatiga qadar 16 g'alabali seriya bilan kelayotgandi. Janglaridan 14 tasini muddatidan avval yakunlagandi. "Niderlandiyalik ricar" revansh jangda kamarini qaytarib olish urinib ko'radi.
Fikrlar