01 iyu 14:56
Yangiliklar
Futbol

“Man Siti“ etakchisiga yangi shartnoma taklif qiladi
“Manchester Siti“ "Oltin to'p" sohibi Rodri bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Amaldagi shartnomaga ko'ra ispaniyalik yarim himoyachi “Man Siti“da yana 2 yil qolishi lozim. Uning haftalik maoshi 200 ming funtni tashkil qiladi.
“SHaharliklar“ amaldagi “Oltin to'p“ sohibiga 2029 yilning yoziga qadar bo'lgan shartnoma taklif qilishmoqchi va 28 yoshli futbolchining maoshi 300 ming funt bo'ladi.
Malumot uchun, “Man Siti“ Rodrini 2019 yilda “Atletiko“dan 70 million evroga sotib olgandi. U shu vaqt oralig'ida ingliz jamoasi safida 261 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 26 ta gol va 31 ta golli uzatma bor. Yarim himoyachi yakunlangan mavsumni jarohat sababli katta qismini o'tkazib yubordi.
Havola :
Fikrlar