02 avg 17:46
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" yoshlar jamoasi to'purari "Ayaks"ga o'tadi
"Manchester Siti" va Portugaliya U-19 terma jamoasi qanot yarim himoyachisi Karlos Borjes bugun "Ayaks" bilan shartnoma imzolaydi.
Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan. Transfer summasi 17 million funtni tashkil qiladi. "Manchester Siti" futbolchini qaytib sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
O'tgan mavsum Borjes Angliya birinchiligining 24 uchrashuvida maydonga tushdi va 21 ta gol urib, 11 ta golli uzatma etkazib berdi. SHuningdek, 19 yoshli portugaliyalik UEFA yoshlar ligasining 6 o'yinida (4 ta gol va 6 ta assist) va "Angliya futbol ligasi sovrini" musobaqasida (4 ta gol va 1 ta assist) 3 ta bahsda maydonga tushgan.
SHuningdek, Borjes Angliya yoshlar birinchiligining to'purari, "Manchester Siti" esa musobaqa g'olibiga aylandi.
Havola :
Fikrlar