17 may 15:46
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" mag'lubiyatlar soni bo'yicha klub antirekordini yangiladi
"Manchester Yunayted" kecha APLning 37-turida "CHelsi"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Unda londonliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ruben Amorim jamoasi uchun bu mag'lubiyat joriy mavsum chempionatdagi 18-si bo'ldi. Bu 1992/93 yilgi mavsumdan beri klubning yangi antirekordi hisoblanadi.
MYU APL turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Jamoa avvalroq Evropa Ligasi finaliga chiqqan edi. Agar turnirda zafar quchsa, "Manchester Yunayted" kelasi mavsumda CHempionlar ligasida o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar