30 iyu 12:38
Yangiliklar
Futbol
“Manchester Yunayted” Rasmus Xoylund uchun 92 million dollar sarflaydi
“Manchester Yunayted” yaqin orada “Atalanta” hujumchisi Rasmus Xoylund bilan shartnoma imzolaganini elon qiladi.
MYU daniyalik futbolchi uchun umumiy hisobda 92 million dollar sarflaydi. Mankunianliklar 20 yoshli hujumchining transferi uchun 82 million dollar va yana 10 million dollarni qo'shimcha to'lovlarga sarflaydi.
Futbolchi esa klub bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Rasmus Xoylund har yili 5 million evro ishlab topadi.
20 yoshli forvard o'tgan mavsum 34 ta o'yinda 10 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar