03 apr 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Manel Kapening Mateus Nikolauga qarshi jangi ikkinchi marta bekor qilindi
Xabar berganimizdek, 27 aprel kuni AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan "UFC Apex" arenada UFC Vegas 91 turniri tashkil etiladi.
Musobaqaning markaziy jangi o'ta engil vazn UFC reytingida beshinchi o'rinda borayotgan braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Mateus Nikolau (19-3-1) hamda reytingning oltinchi pog'onasidagi portugaliyalik Manel Kape (19-6-1) o'rtasida kechishi lozim edi.
Biroq Kape nomalum sabablarga ko'ra, ushbu jangdan chiqdi. Bu Nikolau hamda Kape o'rtasida bekor qilingan ikkinchi jang bo'ldi.
UFC Vegas 91 turnirida Manelning o'rniga Aleks Peres jang qiladigan bo'ldi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar