07 fev 23:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu 1. Suhrobbek Atajanov ishtirokidagi jang ikkinchi raunddayoq yakunlandi
Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida o'tkazilayotgan MMA bo'yicha Mangu 1 turnirining asosiy kard bellashuvlari boshlandi.
Kardning ilk bahsida eng engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi taniqli MMAchimiz Suhrobbek Atajanov Ozarbayjon vakili Elxan Ibragimxalilovga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jangda Xorazm o'g'loni Suhrobbek ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.
Bugungi bahs orqali Atajanov karerasidagi 12-jangida 9-g'alabasini nishonladi. Uning hisobida yana 3 ta mag'lubiyat ham bor. Elxan Ibragimxalilovning rekordi esa endi 6-4-0 ko'rinishida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar