10 mar 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu Ligasi Octagon League'ning o'zbekistonlik sobiq chempioni bilan shartnoma imzoladi + POSTER
Aralash yakka kurashlar bo'yicha O'zbekistonning Mangu MMA Ligasi yana bir top jangchi bilan kelishuvga erishdi.
Engil vazn toifasida Qozog'istonning Octagon League tashkiloti sobiq chempioni, hamyurtimiz Doston Bozorov endi Mangu MMA'da ham faoliyat olib boradi. Bu haqda Liga o'z sahifalarida xabar berdi.
Bozorov Octagon League'dagi kamarini vakant qoldirganidan so'ng, AQSHdagi Ligalardan biriga o'tishini aytib o'tgan edi. Dostonning Mangu'dagi ilk jangi 25 aprel kuni "Humo Arena"da bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, farg'onalik Doston Bozorov faoliyati davomida hozirgacha 14 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Fikrlar