11 fev 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu MMA rahbari Amirxon Alixo'jaev ishtirokidagi jang sotilgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi (VIDEO)
7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 1 turniri bo'lib o'tgandi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Amirxon Alixo'jaev Rossiya vakili Magomed Salievga qarshi jang qilib, ilk raundda nokautga uchragan edi.
Liga rahbari va Amirxonning murabbiyi bo'lmish Jasur Alijonov mazkur jangning sotilgani haqida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Ko'pchilik bu jang sotilgan, zarba tegmagan edi, deb negativ xabarlar yozyapti. Unday emas, o'rtoqlar. Menimcha, aktyorlar ham yotish, yiqilish rollarini bunchalik o'ynab bera olmasa kerak. Ko'rgani keldik. Holati yaxshi", deydi Jasko koach.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar