27 jan 07:32
Yangiliklar
Mangu promousheni qozog'istonlik sobiq UFC jangchisi bilan shartnoma imzoladi + POSTER
Qozog'istonlik sobiq UFC jangchisi Azat Maksum Mangu ligasida faoliyatini davom ettiradi.
"MANGU oilasiga xush kelibsan, Azat Maksum. Yangi daraja", — deyiladi promoushen xabarida.
Malumot uchun, Azat Maksum 2023 yil iyul oyida 16-0 rekordi bilan UFC’dagi debyutini o'tkazgan. O'shanda u Octagon chempioni sifatida dunyoning eng kuchli ligasi bilan shartnoma imzolagan edi. Ammo uning UFC`dagi ishtiroki omadsiz bo'ldi. Maksum 3 mag'lubiyat va faqat bittagina g'alaba qayd eta oldi. Yagona g'alabasiga Tayson Nem (2023 yil iyul, Las-Vegasdagi UFC Fight Night) ustidan hakamlarning ayri qarori bilan erishgandi. CHarlz Jonson (2024 yil fevral, UFC Vegas 85), Tagir Ulanbekov (2025 yil iyun, Bokudagi UFC Fight Night) va Mitch Rapozo (2025 yil 25 oktyabr, Abu-Dabidagi UFC 321)ga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyat boy berilgan. Maksum rasman 2025 yil 28 oktyabrda UFC ro'yxatidan chiqarilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Mangu ligasining ilk turniri 7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida bo'lib o'tadi.

Fikrlar