27 iyu 23:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Marsel bilan jang qilishi kutilgan Bobur Abdulazizov tajribali qozoq MMAchisini birinchi raundning o'zida "tinchitdi"
Octagon 88 turniri qizg'in pallasiga kirdi.
Turnirda yurtdoshimiz Bobur Abdulazizov qozog'istonlik tajribali Nurjan Akishevga qarshi jang qildi.
3 raundga mo'ljallangan engil vazn toifasidagi bellashuv birinchi besh daqiqalikda nihoyasiga etdi. Abdulazizov raqibini texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Bu orqali Bobur 24-g'alabasini nishonladi. Raqibning rekordi esa endi 17 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 1 ta durangdan iborat.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar