22 jan 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Mashhur UFC cobiq jangchisi Floridada hibsga olindi - manba
Og'ir vazn toifasida faoliyat olib borgan surinamlik sobiq UFC jangchisi Jairzino Rozenstrayk 19 yanvar kuni AQSHning Florida shtatida hibsga olingan.
Bu haqda Waterkant.net nashri Brouard okrugi sherif idorasiga tayanib, xabar berdi.
Rozenstraykka oiladagi zo'ravonlik va noqonuniy qamoq jazosi qo'llanilgani aytilmoqda. Har ikki ayblov bo'yicha ish ko'rib chiqilmoqda, hali yakuniy hukm chiqarilmagan. Bundan tashqari, jangchi immigraciya hibsxonasida saqlanmoqda. U garov puli to'lasa ham, ozod qilinishi cheklanishi mumkin.
Jairzinoning rafiqasi ijtimoiy tarmoqlarda hibsga olish qo'shnisi bilan bo'lgan janjaldan keyin sodir bo'lgani va buning oqtibatida policiya chaqirilganini aytdi.

Havola :
Manba : Waterkant.net
Fikrlar