26 avg 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Mashrapov AQSHdagi LFA 167 turnirida jang qiladi, raqib jiddiy + POSTER
15 sentyabr kuni AQSHning Nyu-York shtatida LFA 167 turniri bo'lib o'tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqaning co main event'ida yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik Bahromjon Mashrapov (7-2-0) oktagonga ko'tariladigan bo'ldi. Unga rossiyalik SHamidxan Magomedov (6-1-0) raqiblik qiladi. Jang 3 raund etib belgilangan.
Bahromjon Mashrapov uchun bu LFA ligasidagi ikkinchi jang bo'ladi. U o'z debyutida amerikalik Logan Urbanni (6-2-0) nokautga uchratgan edi. SHamidxan Magomedov ham 15 sentyabr kuni LFA ligasidagi ikkinchi jangini o'tkazadi. U o'z debyutida Kolman Skribnerni (3-3-0) muddatidan oldin enggan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar