16 dek 13:43
Yangiliklar
Tadbirlar, Osiyo o'yinlari
Maskat shahrida OOKning 39-Bosh Assambleyasi ish boshladi
Biroz avval O'monning Maskat shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 39-Bosh Assambelyasi o'z ishini boshladi.
Xabar berganimizdek, ushbu tadbirda tashkilot vice-prezidenti Otabek Umarov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi ham ishtirok etmoqda.
Assambleyani OOK prezidenti SHayx Ahmad Al Fahad As Sabah ochib berdi. SHuningdek, unda O'mon Sultonligining madaniyat, sport va yoshlar ishlari vaziri Sayid Teyazin bin Said, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax (onlayn) ham nutq so'zlab, qatnashchilarga o'zlarining ilik tilaklarini bildirib o'tishdi.
Anjuman kun tartibidan 2030 yilgi yozgi Osiyo o'yinlariga mezbon aniqlash, 2025 yilgi yoshlar Osiyo o'yinlari mezbon davlati bilan OOK o'rtasida shartnoma ishzolash kabi marosimlar o'rin olgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar