02 sen 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Masvidal - Dias revansh jangi sanasi malum
UFC rahbariyati Xorxe Masvidal va Neyt Dias o'rtasida revansh jangini tashkil etish bo'yicha amaliy harakatlarni boshladi.
Tomonlar og'zaki kelishuvga erishishgan. Yaqin kunlarda jang shartnomasiga imzo chekiladi. Revansh jangi 12 dekabr kuniga belgilangan UFC 256 turniri doirasida o'tkaziladi. O'rtaga Masvidalga tegishli maxsus BMF kamari qo'yiladi.
Etiborlisi, ushbu maxsus kamar Masvidal - Neyt Dias ilk jangi g'olibi uchun tasis etilgandi. 2019 yilning noyabr oyida o'tkazilgan ilk jang muddatidan avval, Diasning qovog'i yorilib ketgach, referi tomonidan to'xtatilgan va g'alaba Xorxega tortiq etilgan edi.
Havola :
Fikrlar