20 jan 20:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Masvidal Kovington haqida: "Sobiq jamoadoshlarining xotinlari haqida gapiradigan erkak erkakmi?"
Xorxe Masvidal UFC 272 turnining asosiy jangidagi bo'lajak raqibi Kolbi Kovingtonga murojaat qildi.
"Sport zalida bo'lmasam ham mashg'ulotni bir zumga ham tark etmadim. Jang endi elon qilindi va men sport formasidaman. Hamma aytgan gaplaring uchun yuzingni bejab qo'yaman. Oktagonga chiqqaningdan nima bo'lishini ko'ramiz.
Menimcha, Kovington hech kimga yoqmaydi. Sobiq jamoadoshlarining xotinlari haqida gapiradigan erkak kimga ham yoqardi. Jangchi bilan jang qilasizmi yoki uning xotini bilanmi? Kolbi hayotida ham adashib qolgan. Men uni masxara qilmoqchi emasman. SHunchaki, yigit qattiq chigallashib qolgan va men uni echib beraman", - dedi Masvidal.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar