26 jan 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Masvidal: Kovington poker o'ynab, qarzga botib ketgan. U janggacha tirik qoladi deb umid qilaman"
Amerikalik UFC jangchisi Xorxe Masvidal bo'lajak raqibi Kolbi Kovingtonda juda ko'p qarz borligini aytdi.
"Kovingtonning qarzlarini sanab ado qilib bo'lmaydi: American Top Team - o' hozir shug'ullanayotgan zal. Kovington bularga pul to'lamaydi. Bundan tashqari, u Floridada poker o'ynab, qarzga botib ketgan. Kolbining muammolari boshidan oshib yotibdi. Men esa uni bira to'la ko'mib qo'ya qolaman. SHunchaki, bu vaqt kelishini kutib yashayapman.
U mening divanimda yotgan, mening ovqatimni eb yashagan. Men malum muddat uning homiysi bo'lganman. Kolbi havaskor edi. Bu yigitga qarab ko'p narsani o'ylab qolaman. Sen bu dunyoga yolg'iz kelasan va ketayotganda ham yolg'iz bo'lasan. Kovington - haqiqiy ilon. SHu sabab ham, uning yuziga musht tushirishga shoshib ketyapman", - deydi Xorxe Masvidal.
Havola :
Manba : ESPN.com
Fikrlar