29 noy 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Matchroom Boxing Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi eng xavfli raqibi bilan shartnoma imzolashga yaqin
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi superog'ir vazn toifasida avstraliyalik Parij Olimpiadasi ishtirokchisi Teremoana Junior bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Kompaniya rahbari Eddi Xirn Jorj Kambososning istiqbolli chiqishidan keyin tashkilot yana avstraliyalik bokschilar bilan shartnoma imzolashi mumkinmi degan savolga Parij Olimpiadasida yorqin chiqish qilgan Teremoanani o'z safida ko'rish niyatida ekani bilan javob berdi.
Teremoana Parijdagi Olimpiadaning ilk jangida ukrainalik Dmitriy Lovchinskiyni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan, keyin esa hamyurtimiz Bahodir Jalolovga ochkolar hisobi bo'yicha yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : FightHub
Fikrlar