04 iyu 12:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Mavlud Tifiev 9 iyun kuni ONE FC'dagi navbatdagi jangini o'tkazadi, raqib nomi malum
9 iyun kuni Tailand poytaxti Bangkokda joylashgan Lumpinee Boxing Stadium'da aralash jang sanatlari bo'yicha ONE Fight Night 11 musobaqasi bo'lib o'tadi.
Ahamiyatlisi, mazkur musobaqa doirasida ONE FC promoushenida ishonchli harakat qilayotgan o'zbekistonlik Mavlud Tifiev ham jang qiladi. Unga tailandlik Yod Aykyu PK Saenchang raqiblik qiladi. U shu paytga qadar bitta jang o'tkazib, g'alaba qozongan.
O'zining so'nggi jangida rossiyalik Alaverdi Ramazanovni mag'lub etgan Mavlud Tifiev uchun esa bu ONE FC'dagi uchinchi jang bo'ladi.
Havola :
Manba : instagram.com/tifiyev
Fikrlar