20 jan 12:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Mavlud Tifiev ishtirokidagi ONE Lumpinee 1 musobaqasini O'zbekistonda qanday qilib tomosha qilish mumkin?
Mavlud Tifiev bugun ONE FC'da debyut qiladi.
Avval xabar berganimizdek, o'zbekistonlik taniqli muay-tay ustasi Mavlud Tifiev bugun Tailand poytaxti bo'lmish Bangkok shahrida navbatdagi jangini o'tkazadi.
ONE Lumpinee 1 musobaqasida hamyurtimizga tailandlik Muangtay PK Saenchay raqiblik qiladi. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi va ONE Championship YouTube kanali tomonidan translyaciya qilinadi.
Takidlash lozim, mazkur jang Mavlud Tifiev uchun ONE FC'dagi debyut hisoblanadi.
Mavlud Tifiev ishtirokidagi jangni tomosha qilish uchun havola;
Havola :
Manba : instagram.com/tifiev
Fikrlar